Portugaliya Rossiya fuqarolariga "oltin viza" berishni to'xtatdi
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Portugaliya Rossiya fuqarolarining “oltin vizalar” so‘rab murojaat qilgan barcha 10 ta arizasini rad etdi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Portugaliya Rossiya fuqarolarining “oltin vizalar” so‘rab murojaat qilgan barcha 10 ta arizasini rad etdi.
Bu haqda “Publico” gazetasi Portugaliya Chet elliklar masalasi va chegara qo‘riqlash xizmati (SEF)ga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko’ra, urush boshlanganidan keyin Portugaliya hukumati Yevropa ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari munosabati bilan Rossiya fuqarolarining “oltin vizalar” olish uchun arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. To‘xtatilganidan beri Portugaliya hukumati 10 ta arizani ko’rib chiqib, ularning barchasini rad etdi.
2012 yildan beri faoliyat yuritayotgan dastur 250 ming yevro miqdoridagi sarmoya evaziga Portugaliyada yashash uchun ruxsatnoma olish imkonini beradi. Portugaliya 2022 yildan beri 431 nafar Rossiya fuqarosiga “oltin viza” bergandi.
Aloqador xabarlar

Blinken Aliyev va Pashinyan bilan tinchlik muzokaralarini qo‘lga oldi
Entoni Blinken, lhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.