Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Dafn marosimi o’tkaziladigan 19 sentyabr dam olish kuni deb e’lon qilingan. Yelizaveta II ning jasadi solingan tobut to‘rt kun davomida Britaniya parlamenti binosida namoyish etiladi. Dafn marosimida butun dunyo davlat rahbarlari ishtirok etadi.

1878807
Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi

 

Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi joriy yilning 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Bukingem saroyidan berilgan bayonotda ma’lum qilingan.

“Qirolicha zoti Oliylarining dafn marosimi Vestminster Abbey cherkovida 19 sentyabr, dushanba kuni Britaniya vaqti bilan soat 11:00da bo‘lib o‘tadi”, deyiladi bayonotda. 

Dafn marosimi o’tkaziladigan 19 sentyabr kuni dam olish kuni deb e’lon qilingan. Yelizaveta II ning jasadi solingan tobut vidolashuv uchun to‘rt kun davomida Britaniya parlamenti binosida namoyish etiladi. 

Dafn marosimida butun dunyo davlat rahbarlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatish joizki, 10 sentyabr kuni Charlz Filip Artur Jorj rasman Buyuk Britaniya va Shimoliya Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli deb e’lon qilindi.

Vorislik kengashi Charlz III ni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.

Deklaratsiyaga taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha-konsort Kamilla, Jamoalar palatasi rahbari va Kengash lord-raisi Penni Mordaunt, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass imzo chekdi.

Qirol Charlz III dan keyingi taxtning birinchi vorisi shahzoda Uilyam, “Bu kun kelishini bilardim. Ammo, buvimsiz hayot haqiqatini his qilishimiz uchun vaqt kerak. Men qirolicha Yelizaveta II xotirasiga hurmat bajo keltiraman, otam qirolni qo‘limdan kelgancha qo‘llab-quvvatlayman!”,-deb bayonot berdi.

70 yildan ortiq hukmronlik qilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. U 15 mamlakatda, shu jumladan Kanadada rasmiy davlat rahbari edi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Yelizaveta II , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar