Yevroittifoq Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirishni to‘xtatdi

Yevroittifoq Kengashi Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib turish haqidagi qarorni ma’qulladi. Qaror 12 sentyabrdan kuchga kiradi.

1878140
Yevroittifoq Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirishni to‘xtatdi

 

Yevroittifoq Kengashi Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib turish haqidagi qarorni ma’qulladi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqi qonun chiqaruvchi organi xabar berdi. 

“Bu viza to‘lovining 35 yevrodan 80 yevrogacha oshishiga, qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish zarurligiga, viza berish muddatining ko‘payishiga va bir nechta vizalar berish qoidalarining qattiqlashishiga olib keladi”, deyiladi xabarda. 

"Vizani soddalashtirish bo'yicha kelishuv biz qadriyatlarni baham ko'radigan ishonchli hamkorlarimiz fuqarolariga Yevropa Ittifoqiga imtiyozli kirish imkonini beradi. Rossiya o'zining adolatsiz urushi, jumladan tinch aholiga qastdan hujumlari bilan bu ishonchni sindirdi va fundamental qadriyatlarni oyoq osti qildi. Bugungi qaror Rossiya harakatlarining bevosita oqibati va bizning Ukraina va uning xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligimizning yana bir dalilidir",-deyiladi Yevropa Kengashining yozma bayonotida.

 

Qaror 12 sentyabrdan kuchga kiradi. 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar