Dmitriy Peskov: Türkiye Rossiya uchun muhim hamkor

Dmitriy Peskov, “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya - Türkiye munosabatlarini baholadi.

1876540
Dmitriy Peskov: Türkiye Rossiya uchun muhim hamkor

Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Türkiyening Rossiya uchun muhim hamkor ekanini qayd etdi.

Dmitriy Peskov, “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya - Türkiye munosabatlarini baholadi.

Türkiye bilan ayniqsa Ukraina masalasida farqli ko‘z qarashda ekanini lekin Rossiyaning Türkiyeni muhim hamkor sifatida ko‘rishini ta’kidlagan Peskov,

“Türkiye biz uchun shubhasiz do‘st davlatdir. Türkiye xalqaro siyosat, savdo va iqtisodiy hamkorlik masalasida biz uchun juda muhim sherikdir”.-dedi.

Peskov, Türkiyening Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarda ishtirok etmaganiga e’tibor qaratgan holda:

“Türkiye o‘zining mustaqil siyositini yuritmoqda. Rossiya bilan Türkiye, siyosiy va iqtisodiy tarmoqdagi hamkorlikda ulkan salohiyatga ega”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bu salohiyatni toʻla roʻyobga chiqarish uchun haligacha koʻplab soha borligini taʼkidlagan Dmitriy Peskov, Türkiye bilan Rossiyaning oʻzaro munosabatlarini bir-biriga bo‘lgan hurmat va manfaat tamoyillari asosida olib borayotganini taʼkidladi.

Peskovning qayd etishicha, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Turkiyaning Ukraina masaalasida ko‘rsatgan o‘rtamchilik sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.



Aloqador xabarlar