Ukraina portlaridan don yetkazib berish ishlari davom etmoqda

Ukraina portlaridagi donlarni yetkazib berish ishlari rejalashtirilganidek davom etmoqda.

1875252
Ukraina portlaridan don yetkazib berish ishlari davom etmoqda

Ukraina portlaridan don yuklangan yana 6 ta kema yo‘lga chiqdi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga koʻra, Ukraina portlaridagi donlarni yetkazib berish ishlari rejalashtirilganidek davom etmoqda.

Shu doirada bugundan e’tiboran yana 6 ta kema Ukraina portlaridan yoʻlga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Qora dengizdan xavfsiz ravishda don va don mahsulotlari eksport qilish uchun 22-iyul kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyidagi Prezident ofisida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish huzurida Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida, “Don va don mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda tashish tashabbusi hujjati”,-imzolangandi.

Qora dengizdan don mahsulotlarini xavfsiz yetkazib berish uchun tashkil etilgan Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi esa 27-iyul kuni Istanbuldagi Milliy Mudofaa universiteti kampusida ishga tushgan.



Aloqador xabarlar