Iroqda Sadr tarafdorlari prezident saroyiga bostirib kirdi

Iroqda Sadr Harakati rahbari Muqtada es-Sadr tarafdorlarining poytaxt Bag'doddagi Yashil hududga uyushtirgan bosqinida xavfsizlik kuchlarining otishmasi natijasida 13 kishining halok bo'ldi.

1873716
Iroqda Sadr tarafdorlari prezident saroyiga bostirib kirdi

 

Iroqda Sadr Harakati rahbari Muqtada es-Sadr tarafdorlarining poytaxt Bag'doddagi Yashil hududga uyushtirgan bosqinida xavfsizlik kuchlarining otishmasi natijasida 13 kishining halok bo'lgan, 350 nafar faolning  esa yaralangani bildirildi.

Yashil hududdagi Hukumat saroyiga bostirib kirgan Sadr tarafdorlariga xavfsizlik kuchlari ko'zdan yosh oqizuvchi gaz bilan aralashdi.

Sadr tarafdorlarini Hukumat saroyidan olib chiqqan xavfsizlik kuchlari saroy eshiklarini yopib, binoni himoyaga oldi.

Bag'dod Al-Yevm xabar saytining xavfsizlik manbalariga tayangan xabariga ko'ra, Sadr Harakati rahbari Muqtada es-Sadr tarafdorlari bilan xavfsizlik kuchlari o'rtasidagi to'qnashuvda halok bo'lganlar soni 13 nafarga, yaralanganlar soni esa 350 nafarga yetdi.

Iroq janubida ham ko'chalarni to'ldirgan Sadr tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladilar va butun mamlakat bo'ylab muddatsiz komendantlik soati e'lon qilindi.

Boshqa tomondan, Muqtada es-Sadr qurolli to'qnashuvlar to'xtamaguncha ochlik e'lon qilishga qaror qildi.

Muqtada es-Sadrning o'ng qo'li Hasan Azariy o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qilgan bayonotida.

"Rahbarimiz zo'ravonlik va qurolli to'qnashuvlar tugamaguncha ochlik e'lon qildi". Dedi.

Azari tomonlarni qurolli mojaroga barham berishga chaqirdi.

Yashil hududda Sadr jangarilari va hukumat kuchlari va Hashd ash-Shabi jangarilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Sadr tarafdorlari rahbarlarining siyosatdan chekinish qaroridan keyin Yashil hududdagi hukumat va prezident saroyiga bostirib kirishdi.

To‘qnashuvlarda minomyotlar va boshqa og‘ir qurollar ham qo‘llanilmoqda.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, otishmalar davom etgan Yashil hududga minomyot snaryadlari kelib tushgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Taranglik , #Muqtada es-Sadr , #Iroq

Aloqador xabarlar