Pokistonda suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 937 nafarga yetdi

Rasmiylarning aytishicha, hayotdan ko‘z yumganlarning 343 nafari bolalar, 198 nafari ayollardan iborat. Suv toshqinidan 30 million odam jabrlangan.

1872719
Pokistonda suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 937 nafarga yetdi

 

Pokistonda 14 iyundan beri davom etayotgan sel va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 937 nafarga yetdi.

Hayotdan ko‘z yumganlarning 343 nafari bolalar, 198 nafari ayollardan iborat.

Rasmiylarning aytishicha, suv toshqinidan 30 million odam jabrlangan, ularning aksariyati uy joyidan tashlab boshqa hududlarga ko'chib ketgan.

Mamlakat boʻylab 670 ming 328 ta uy vayron boʻlgan, 145 ta koʻprik buzilgan.

Suv toshqinlari 3 ming 82 kilometrlik transport yo‘liga ham zarar yetkazgan.

Sel va suv toshqinlari tufayli mamlakatda favqulodda holat e'lon qilindi.

Ayni paytda, Vazirlar Mahkamasi a’zolari va generallar oylik maoshlarini suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam jamg‘armasiga o‘tkazdi.

Mamlakat bosh vaziri Shahboz Sharif seldan zarar ko'rgan hududlarda yordam va reabilitatsiya ishlari bo’yicha hamkorlik qilish uchun xorijiy davlatlarning elchilari bilan uchrashdi.

Suv toshqinlaridan jabrlangan Pokistonga Jahon banki 350 million, Jahon Oziq-ovqat dasturi 110 million, Osiyo taraqqiyot banki 20 million va Britaniya 40 million dollar yordam yuborishi ma'lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar