BAA va Gretsiya energiya bo'yicha hamkorlik masalasini muhokama qildi

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis poytaxt Afinadagi Maksimu saroyida uchrashdi.

1872612
BAA va Gretsiya energiya bo'yicha hamkorlik masalasini muhokama qildi

 

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis energetika sohasidagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildi.

Gretsiya Bosh Vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, ikki yetakchi poytaxt Afinadagi Maksimu saroyida uchrashib, Birlashgan Arab Amirliklari va Gretsiya o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdi .

Uchrashuvda Mitsotakis Al Nahayonga suyultirilgan gazni (LNG) import qilish, saqlash va uni qayta ishlash uchun Gretsiyada qurilgan infratuzilma haqida ma'lumot berib, bu quvvatlar o'z mamlakatini Yevropa va Yaqin Sharq o'rtasidagi muhim energiya ko'prigiga aylantirishi mumkinligini ta'kidladi.

BAA har yili sentyabr oyida o'tkaziladigan an'anaviy Saloniki xalqaro yarmarkasining faxriy mehmoni ekanligini eslatgan Mitsotakis, BAA Gretsiya uchun muhim strategik sherik va Fors ko'rfazi mintaqasida global aktyor ekanligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #BAA

Aloqador xabarlar