Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 182 kishi halok bo‘ldi

Tolibon muvaqqat hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlarida 250 kishi jarohatlanganini, 3109 uy vayron bo‘lganini qayd etdi.

1872378
Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 182 kishi halok bo‘ldi

 

Oxirgi oyda Afg‘onistonning turli viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida 182 kishi halok bo‘ldi.

Tolibon muvaqqat hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlarida 250 kishi jarohatlanganini, 3109 uy vayron bo‘lganini qayd etdi.

Mujohidning ta'kidlashicha, toshqinlar minglab gektar qishloq xo'jaligi yerlariga zarar yetkazgan.

Tabiiy ofatlarni boshqarish davlat vazirligi matbuot kotibi Muhammad Nasim Xaqqoniy ma'lum qilishicha, vazirlik toshqindan jabrlanganlarga tez yordam yetkazish ustida ish olib bormoqda.

Boshqa tomondan, sinoptiklar ikki kun ichida kuzatilishi taxmin qilingan kuchli yomg'ir mamlakatning 24 viloyatida suv toshqiniga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar