Ukrainadan g'alla ortilgan yana 3 ta kema yo'lga otlandi

"Ukrainaning Odessa portidan 2 ta va Pivdenniy portidan 1 ta bo'lib, jami 3 ta kema jo'nab ketdi. Bundan tashqari, bugun Ukrainaga ketayotgan 5 ta kema Istanbuldagi Qo'shma muvofiqlashtirish markazi tomonidan tekshiruvdan o'tkaziladi", deyiladi bayonotda.

1872136
Ukrainadan g'alla ortilgan yana 3 ta kema yo'lga otlandi

 

Ukrainadan g'alla ortilgan yana 3 ta kema Ukraina portlaridan yo'lga otlandi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida qayd etilgan.

"Bugun ertalabdan boshlab Ukrainaning Odessa portidan 2 ta va Pivdenniy portidan 1 ta bo'lib, jami 3 ta kema jo'nab ketdi. Bundan tashqari, bugun Ukrainaga ketayotgan 5 ta kema Istanbuldagi Qo'shma muvofiqlashtirish markazi tomonidan tekshiruvdan o'tkaziladi", deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolangandi.

Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Qora dengizdan don mahsulotlarini xavfsiz jo‘natish uchun tashkil etilgan Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi 27 iyul kuni Istanbuldagi Milliy Mudofaa Universiteti kampusida ishga tushdi.

Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi don eksporti bilan shug‘ullanuvchi savdo kemalarini ro‘yxatga oladi va don bitimida ishtirok etuvchi davlatlar va BMT bilan hamkorlikda ularning texnik kuzatuvini amalga oshiradi. Kemalarni tekshirish Ukraina portlarida va Turkiya portlarida yuklash vaqtida amalga oshiriladi. 

 


Tanlangan kalimalar: #don , #Turkiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar