Nigerda kuchli yog'ingarchilik oqibatida 52 kishi hayotdan ko'z yumdi

Nigerda iyul oyi boshidan beri davom etayotgan kuchli yomg'irlar oqibatida 52 kishi hayotdan ko'z yumdi, 63 kishi tan jarohati oldi.

1871193

Niger xabar agentligining xabarida, o'lkada iyul oyidan beri davom etayotgan yomg'irlar tufayli sel suvlari ostida qolib yoki qulagan binolar ostida qolib 52 kishining hayotdan ko'z yumgani bildirildi.

Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab 9997 xonadonda 85690 kishi toshqindan jabr ko‘rgan va 63 kishi jarohatlangan.

Nigerda iyundan sentabrgacha davom etadigan  yomg'irli mavsumda toshqinlar tez-tez sodir bo'ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar yordam koordinatsiya idorasi raqamlariga ko'ra, o'tgan yili Nigerda sodir bo'lgan suv toshqinlaridan 250 ming kishi zarar ko'rgan va 77 kishi hayotdan ko'z yumgan.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Kuchli yomg'ir , #Niger

Aloqador xabarlar