Rossiya hujumlarida 9 mingga yaqin ukrain harbiy halok bo’ldi

24 fevral kuni Rossiya bilan boshlangan urushda 9 mingga yaqin ukrainalik askar halok bo'lgan. Bu haqda Ukraina Bosh shtab rahbari Valeriy Zalujniy ma’lum qilgan.

1871299
Rossiya hujumlarida 9 mingga yaqin ukrain harbiy halok bo’ldi

 

Ukrainada Rossiya hujumlari oqibatida 9 mingga yaqin ukrain harbiy halok bo’lgan.

Bu haqda Ukraina Bosh shtab rahbari Valeriy Zalujniy ma’lum qilgan.

Uning ma'lum qilishicha, 24 fevral kuni Rossiya bilan boshlangan urushda 9 mingga yaqin ukrainalik askar halok bo'lgan.

“Interfaks Ukraina” xabariga ko'ra, Bosh shtab rahbari Zalujniy ukrainalik bolalar urush tufayli himoyaga muhtojligini ta'kidladi.

“Ular hech narsani tushunmaydilar va ular, albatta, himoyaga muhtoj. Chunki, ularning otasi frontda jang qilmoqda va 9 mingga yaqin halok bo’lgan qahramonlar orasida bo'lishi mumkin”,-dedi Zalujniy.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aprel oyida bergan intervyusida urushda 3000 ga yaqin ukrainalik askar halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar