Jazoirdagi yong'inlarda qurbon bo'lganlar soni 43 nafarga yetdi

Ayni vaqtda Mudofaa vazirligi o‘tgan hafta mamlakatning turli hududlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq 13 gumondorning qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.

1870965
Jazoirdagi yong'inlarda qurbon bo'lganlar soni 43 nafarga yetdi

 

Jazoirda 17 avgustdan beri davom etayotgan yong'inlarda qurbon bo'lganlar soni 43 nafarga yetdi.

Et-Tarif Jandarm Qo'mondonligi rasmiysi, shahardagi yong'inlarda hayotdan ko'z yumganlar sonining 36 nafarga ortganini, shu tariqa mamlakat bo'ylab qurbonlar sonining 43 nafarga yetganini, 183 kishi ham yaralanganini bildirdi.

Et-Tarifda 30 kishi, Suk Ahrasda 5 kishi, Setifda 2 kishi halok boʻlgani oldindan eʼlon qilingan edi.

Ayni vaqtda Mudofaa vazirligi o‘tgan hafta mamlakatning turli hududlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq 13 gumondorning qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi.

Jazoir Milliy radiosining xabariga ko'ra, Mudofaa vazirligi qoshidagi Jandarmeriya qo'mondonligining aloqa boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Abdulqodir Bezziyu,

"Mamlakatning sharqiy qismidagi ba'zi viloyatlarda sodir bo'lgan yirik yong'inlarning  sababini  aniqlash bo'yicha tekshiruvlar davom etmoqda". dedi.

Podpolkovnik Bezziyuning ma'lum qilishicha, 17-21 avgust kunlari turli viloyatlarda o'rmonlarda yong'in chiqarish bilan  gumon qilinib, 13 kishi hibsga olingan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #43 kishi , #Yong'in , #Jazoir

Aloqador xabarlar