Ukrainadan eksport qilingan mahsulotlar hajmi 656 349 tonnaga yetdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Zumrut Ana” kemasi Chernomorskdan Italiyaga yo‘l olgan. Uning bortida 6,3 ming tonna kungaboqar yog‘i borligi qayd etilgan. “Ocean” kemasi Turkiyaga 25 ming tonna bug‘doy bilan yo‘lga chiqqan.

1870775
Ukrainadan eksport qilingan mahsulotlar hajmi 656 349 tonnaga yetdi

 

Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz 19 avgust kuni ikkita kemaning Ukraina portlaridan jo‘nab ketishini ma’qullagandi. Ushbu ikki kema 20 avgust kuni yo‘lga chiqqandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Zumrut Ana” kemasi Chernomorskdan Italiyaning Venetsiya shahriga yo‘l olgan. Uning bortida 6,3 ming tonna kungaboqar yog‘i borligi qayd etilgan. Bundan tashqari, “Ocean” kemasi Turkiyaning Marmara shahriga 25 ming tonna bug‘doy bilan yo‘lga chiqqan.

Shuningdek, 19 avgust kuni markaz vakillari Ukraina portlaridan jo‘nab ketayotgan 4ta kemani (Petrel S, Sara, Efe, Ramus) va Ukrainaga yo‘l olgan ikkita kemani (Pretty Lady, Bellis) tekshirishgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 avgustidan 19 avgustgacha Ukrainadan oziq-ovqat eksportining umumiy hajmi 656 349 tonnani tashkil etgan.

Eslatma: Joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina

Aloqador xabarlar