Yerevandagi portlashda qurbonlar soni 16 nafarga yetdi

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 16 ta jasad topilgan, ulardan 13 nafarining shaxsi aniqlangan. Shaxsi aniqlanganlar orasida homilador ayol va kichkina bola ham bor. 10 kishi esa hamon qidirilmoqda.

1868419
Yerevandagi portlashda qurbonlar soni 16 nafarga yetdi

 

Armaniston poytaxti Yerevandagi "Surmalu" savdo markazida yuz bergan portlash qurbonlari soni 16 nafarga yetdi. Bu haqda Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

Armenpress nashri Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib bergan xabariga ko'ra, qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 16 ta jasad topilgan, ulardan 13 nafarining shaxsi aniqlangan.

Armaniston FVV matbuot kotibi Ayk Kostanyanning ma’lum qilishicha, shaxsi aniqlanganlar orasida homilador ayol va kichkina bola ham bor. 10 kishi esa hamon qidirilmoqda.

60 nafar jabrlanuvchi Yerevan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan, ulardan 12 nafari davolanmoqda, 48 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Voqea joyidagi qutqaruv ishlarida 185 nafar qutqaruvchi ishtirok etmoqda.

Ma'lumki, 14 avgust kuni Yerevandagi "Surmalu" savdo markazining pirotexnika omborida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Yong‘in kelib chiqib, binoning bir qismi qulab tushgan. Vayronalar 8000-9000 kvadrat metr maydonni egallagan.

Boshqa tomondan, Inqirozlarni boshqarish milliy markazi bugun mahalliy vaqt bilan soat 10:05 da Yerevandagi metro bekatlarini nishonga olgan bomba tahdidi olganini xabar qildi.

Stansiyalarga Favqulodda vaziyatlar vazirligining K9 bo‘linmalari va bomba yo‘q qilish guruhlari jo‘natildi.

Qidiruv ishlari yakunlangunga qadar barcha stansiyalar yopilganligi bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Yerevan

Aloqador xabarlar