Afg'onistonda yuz bergan suv toshqinlarida 31 kishi halok bo'ldi

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, hodisa oqibatida 100 kishi bedarak yo'qolgan. Qurbonlar sonining ortishi taxmin qilinmoqda.

1867918
Afg'onistonda yuz bergan suv toshqinlarida 31 kishi halok bo'ldi

 

Afg'onistonning Parvon viloyatida yuz bergan sel va suv toshqinlarida 31 kishi halok bo'ldi.

Rasmiylarning xabar berishicha, Parvon viloyatining Shinvari va Qora Gird tumanlarida ikki kun davom etgan kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘lgan.

Natijada 31 kishi hayotdan ko'z yumgan, 20 kishi jarohatlangan.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, hodisa oqibatida 100 kishi bedarak yo'qolgan. Qurbonlar sonining ortishi taxmin qilinmoqda.

Guvohlarning aytishicha, suv toshqinlari oqibatida ko‘plab hayvonlar nobud bo‘lgan, ko‘plab uylar vayron bo‘lgan.

Afg‘oniston Metrologiya boshqarmasi bugun va ertaga poytaxt Kobul bilan birga mamlakatning 18 viloyatida sel va suv toshqini haqida ogohlantirdi.

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat bo'ylab oxirgi 4 oyda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 150 dan ortiq kishi halok bo'lgan.


Tanlangan kalimalar: #sel , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar