Turkiyaning BMT bilan don kelishuvi borasidagi diplomatiyasi tahsinga loyiq

Helga Mariya Shmid, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) Bosh kotibi Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan don kelishuvi borasidagi diplomatiyasi tahsinga sazovor” dedi.

1865436
Turkiyaning BMT bilan don kelishuvi borasidagi diplomatiyasi tahsinga loyiq

 

Helga Mariya Shmid, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) Bosh kotibi

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan don kelishuvi borasidagi diplomatiyasi tahsinga sazovor” dedi.

Bosh kotib Shmid, poytaxt Anqarada o'tkazilgan 13-Elchilar konferentsiyasida ishtirokchilarga xitob qildi.

Shmid Turkiyaning oxirgi diplomatik roli haqida

"Turkiyaning g'alla kelishuvi borasida BMT bilan olib borgan diplomatiyasi tahsinga sazovor. Chunki Ukrainadan oziq-ovqat materiallari va o'g'itlarning dunyoga tashilishi juda muhim".  Degan ifodaga o’rin berdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainada Turkiyadan kelgan vakillar bilan hamkorlik qilish imkoniga ega bo’lganini eslatgan Shmid, Turkiyaning sa’y-harakatlari tufayli xalqaro kuzatuvchilarni Ukrainadan olib chiqish imkoniga ega bo’lganini bildirdi.

Shmid, Ukrainadagi urush bilan yuzaga kelgan minalar, urushning bolalarga ta'siri, inson kontrabandasi kabi masalalarni hal qilishda Turkiyaning yordamiga muhtojliklarini bildirdi.

O'zining juda uzoq muddat vazifada bo’lganini  ta'kidlagan Bosh kotib

Turkiya diplomatiyasi dunyodagi eng professional diplomatik missiyalardan biridir”. dedi.

Turk diplomatiyasining har doim kuchli milliy o’zlikka ega bo’lganini qayd etgan Shmid

"Turkiya Yevropa va Osiyo o'rtasida ko'prik vazifasini o'tamoqda. Shu yo'l bilan Turkiya dunyoni bu plyuralistik tushunishga eng mos davlatlardan biri". u aytdi.

Bosh kotib Shmid, Turkiyaning bu funksiyasi YXHT doirasida olib borilgan ishlarda ham ko'rilganiga diqqat qaratib, Turkiyaning O'zbekistondan Afg'onistonga yordam berishda ham muhim logistika nuqtasi ekanligini ta'kidladi.

Turkiyaning Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi normalizatsiya jarayoniga qo'shgan hissasi va manfaatdor tomonlar bilan ishlash o'zlari uchun juda muhim ekanini ifoda etgan YXHT Bosh kotibi, Turkiyaning "Ayollar Liderlik Platformasi"ga qo'shgan hissasini ham qadrlashlarini bildirdi.

“Ayollar qanchalik koʻp ishtirok etsa, tinchlik kelishuvlari shunchalik uzoq davom etadi”. u aytdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar