BMT: "Ukrainada havo hujumlari avj olib, tinch aholining ahvoli og‘irlashmoqda".

BMT Matbuot kotibi Stefan Dyujarrik, Bosh qarorgohda matbuot anjumani uyushtirdi.

1862996
BMT: "Ukrainada havo hujumlari avj olib, tinch aholining ahvoli og‘irlashmoqda".

Rossiya tomonidan 24-fevral kuni urush e’lon qilingan Ukrainada, tinch aholining ahvoli og‘irlashib borayotgani ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh qarorgohida uyushtirilgan matbuot anjumanida gapirgan BMT Matbuot kotibi Stefan Dyujarrik:

“Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hamkasblarimiz, ayniqsa, mamlakat janubida oxirgi bir necha kundan beri havo hujumlari avj olgani va oqibatida tinch aholining katta qiyinchiliklarga duch kelayotganini bildirdi”.-dedi.

Front zonasida kichik turar-joy punktiga zarba berilgani haqidagi ma’lumotni ham bo‘lishgan Dyujarrik:

“Gumanitar yordam tashkilotlaridan olingan maʼlumotlarga koʻra tinch aholidan 3 kishi halok boʻlgan, tan jarohati olgan 5 kishining esa ahvoli ogʻirlashmoqda. Har kuni qayd etilgan bombardimonlar yuzasidan koʻplab qurbonlar berilmoqda. Soʻnggi 48 soat ichida oʻnlab uy, bir necha sogʻliqni saqlash binosi va boshqa muhim ta’sislar ziyon koʻrib, vayron boʻlgan”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Tinch aholining tibbiy xizmat olishi murakab tus olganini ifoda etgan Dyujarrik:

“Urush tarafdorlarini takror, xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga muvofiq Ukrainadagi tinch aholi va fuqarolik infratuzilmani hurmat qilishga chaqiramiz”.-deya gapirdi.

Boshqa tomondan, Yevropa ittifoqi (YI) komissiyasining ichki ishlaridan mas’ul vakili IIva Yoxansson, Rossiya-Ukraina urushi boshlaganidan beri 8 million Ukraina fuqarosining Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarga ketganiga e’tibor qaratdi.

Yoxansson, Ukraina poytaxti Kiyevga boʻlgan tashrifi chogʻida Ukraina Ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida, 4 million Ukraina fuqarosining Yevropa ittifoqi tomonidan vaqtinchalik berilgan yashash, ishlash va ta’lim kabi imkoniyatlar qoʻlga kiritganini bildirdi.

Ba’zi ukrainaliklarning oʻz yurtlariga qaytganini ifoda etgan Yoxansson, qolganlarning oʻz vatanlari bilan jon saqlagan Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar oʻrtasida sayohat qilishlari mumkinligini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Stefan Dyujarrik

Aloqador xabarlar