Aleksis Chipras, Ukraina urushida Turkiyaning xalqaro maydondagi roli oshganini ifoda etdi

Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga  ishtirok etmaydi, u vositachi rolini o‘ynaydi, har ikki urushayotgan davlat bilan yaxshi munosabatlarga ega, shuningdek, Amerika rahbariyatining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashiga ega.

1862304
Aleksis Chipras, Ukraina urushida Turkiyaning  xalqaro maydondagi roli  oshganini  ifoda etdi

 

Gretsiyadagi asosiy muxolafat partiyasi Radikal So'l ittifoqi (SYRIZA) rahbari Aleksis Chipras, hozirgi hukumatning siyosati barcha jabhalarda muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun "(Bosh vazir Kiryakos) Mitsotakis rejimi juda kech bo'lmasdan tugatilishi kerak" dedi.

Gretsiyaning Documento gazetasiga bergan intervyusida Aleksis Chipras Kiryakos Mitsotakis “spekulyatorlarning uzun qo‘li” sifatida harakat qilganini, qonun ustuvorligini yo‘q qilganini, tashqi siyosat doktrinasini o‘zgartirganini va Gretsiyani “Amerika Qo‘shma Shtatlarining itoatkor ittifoqchisiga aylantirganini” ta’kidladi.

Greklar  Mitsotakisning tashqi siyosatidan xuddi o'zining "shaxsiy foydalanishi" uchun qayg'urishi kerakligiga e'tibor qaratgan  Chipras, Rossiyaning 24 fevral kuni Ukrainada urush boshlaganidan so'ng Turkiyaning xalqaro maydondagi rolini oshirganini ifoda etdi.

Uning ta’kidlashicha, “Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga  ishtirok etmaydi, u vositachi rolini o‘ynaydi, har ikki urushayotgan davlat bilan yaxshi munosabatlarga ega, shuningdek, Amerika rahbariyatining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashiga ega.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Maqtov , #Turkiya , #Aleksis Chipras , #Gretsiya

Aloqador xabarlar