Nigeriyada 30 nafar terrorist yo’q qilindi.

Nigeriyada Prezidentlik qo'riqchilariga uyushtirilgan hujum ortidan uyushtirilgan operatsiyalarda 30 nafar terrorist  yo’q qilindi.

1861085
Nigeriyada 30 nafar terrorist yo’q qilindi.

 

Nigeriyada Prezidentlik qo'riqchilariga uyushtirilgan hujum ortidan uyushtirilgan operatsiyalarda 30 nafar terrorist  yo’q qilindi.

Nigeriya armiyasining OAV operatsiyalari direktori general Benard Onyeuko yozma bayonotida, armiya poytaxt Abujaning Bvari hududida Davlat prezidentligi qo'riqchilariga uyushtirilgan hujumdan keyin amaliyot o'tkazganligini bildirdi.

Operatsiyalarda 30 nafar terroristning  yo’q qilinganini qayd etgan Onyeuko, terroristlar tomonidan foydalanilgan boshpanalarning yo'q qilinganini ma'lum qildi.

Nigeriya oxirgi paytlarda mamlakatning turli hududlarida qurolli shaxslar va terror tashkiloti Boko Haram tomonidan hujumlarga uchramoqda.

Hukumat terrorchilik hujumlari xavfi tufayli poytaxtdagi barcha maktablarda ta’limni to‘xtatdi.

25 iyul kuni poytaxtda Prezidentlik qo'riqchilariga qarshi uyushtirilgan teraktda kamida 5 askar halok bo'lgani bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yo'q qilindi , #30 nafar , #Terrorist , #Nigeriya

Aloqador xabarlar