Marokash shimolidagi o'rmon yong'inlarida 3 kishi halok bo'ldi

Marokash hukumati 5 viloyatdagi yong'inlardan jabr ko'rganlarga 290 million dirham (taxminan 29 million dollar) yordam berilishini ma'lum qildi.

1860077
Marokash shimolidagi o'rmon yong'inlarida 3 kishi halok bo'ldi

 

Marokash shimolidagi o'rmon yong'inlarida 3 kishi halok bo'ldi.

Bu haqda poytaxt Rabatning shimolida joylashgan Laras shahrida mahalliy hokimiyat tomonidan bayonot berildi.

Bayonotga ko'ra, yong'in turar-joylarga yetib borganidan keyin evakuatsiya chaqiruvlari boshlangan. Bunga bo'ysunmagan 2 ayol tutundan zaharlanish oqibatida halok bo'lgan.

23-iyul kuni Larasda boshlangan o'rmon yong'inlari uchinchi kuni ham nazoratga olinmagan, 536 oila xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Mamlakat shimolidagi Tevnat viloyatida kecha o'rmon yong'inlarini o'chirishga uringan bir shaxs vafot etgan.

Marokash hukumati 5 viloyatdagi yong'inlardan jabr ko'rganlarga 290 million dirham (taxminan 29 million dollar) yordam berilishini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Marokash

Aloqador xabarlar