Tunisda konstitutsiya bo‘yicha referendum natijasi tasdiqlandi

Tunisning Oliy mustaqil saylov komissiyasi yangi konstitutsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan referendum natijasini tasdiqladi.

1859986
Tunisda konstitutsiya bo‘yicha referendum natijasi tasdiqlandi

 

Tunisda yangi konstitutsiya loyihasi qabul qilingani e'lon qilindi.

Mamlakatda 25-iyul kuni o'tkazilgan yangi konstitutsiya bo'yicha referendumning norasmiy natijalari e'lon qilindi.

Tunis Mustaqil Oliy saylov komissiyasi raisi Faruk Buasker ommaviy ovoz berishda qatnashgan 2 million 630 ming 94 saylovchining 94,6 foizi “ha” deb ovoz berganini bildirdi.

"Mustaqil Oliy saylov komissiyasi Tunis Respublikasining yangi konstitutsiyasi loyihasi qabul qilinganligini e'lon qiladi",- deb bayonot bergan Faruk Buasker.

Ma'lumki, 2021-yil 25-iyulda Tunis prezidenti Kays Said Assambleya faoliyatini to‘xtatib, deputatlik daxlsizligini olib tashladi, 22-sentabrda esa yangi farmonlari bilan o‘z vakolatlarini kengaytirdi va ijroiya organini butunlay o‘ziga bo‘ysundirdi.

Said “Siyosiy inqirozdan chiqish yo‘l xaritasi” bilan 13-dekabr kuni mamlakatda 2022-yil 25-iyulda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi, 17-dekabrda esa navbatdan tashqari umumiy saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi va Assambleya shu paytgacha yopiq qoladi.

Saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, yangi konstitutsiya loyihasini ovoz berishda qatnashganlarning 94,6 foizi qo‘llab-quvvatlagan, lekin saylovchilarning atigi 27 foizi ushbu siyosiy tadbirda ishtirok etgani haqida aytilmoqda.

Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish davlat rahbariga yanada kengroq vakolatlarni beradi.  


Tanlangan kalimalar: #referendum , #Tunis

Aloqador xabarlar