Zelenskiy Ukraina donini eksport qilish haqidagi savolga javob berdi

Vladimir Zelenskiy, Gvatemala Prezidenti Alexandro Jammatei bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini portlardan chiqarish masalasini baholadi.

1859410
Zelenskiy Ukraina donini eksport qilish haqidagi savolga javob berdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy:

“Ukraina ekinlarining portlardan chiqishiga monelik qilmaganimizni butun dunyoga isbotlash uchun don eksportini boshlaymiz”.-dedi.

Vladimir Zelenskiy poytaxt Kiyevga kelgan Gvatemala Prezidenti Alexandro Jammatei bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini portlardan chiqarish masalasini baholadi.

Zelenskiy, Ukraina donini eksport qilish haqidagi savolga:

“Ukraina ekinlarining portlardan chiqishiga monelik qilmaganimizni butun dunyoga isbotlash uchun don eksportini boshlaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Ukraina Portlar yetakchiligi, dengiz yo‘li orqali don va don mahsulotlarini eksport qilish uchun Odessa, Chornomorsk va Yujniy portlarini qayta faoliyatga ochish uchun tayyorgarlik ko‘rish va murojaat ishlarining boshlaganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz:

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an nazoratida 22-iyul kuni Istanbulda Turkiya, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘rtasida, “Don va don mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda tashish tashabbusi hujjati”,-imzolangandi.

 



Aloqador xabarlar