Kolumbiyaning Ekvador bilan chegarasida 5,7 ball zilzila sodir bo’ldi

Kolumbiyaning Ekvador bilan chegarasida sodir bo‘lgan 5,7 magnitudali zilzila oqibatida bir kishi tan jarohati oldi, 30 ta uy vayron bo‘ldi.

1859423

Ekvador Geofizika instituti 13 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan zilzila  markazi  poytaxt Kitodan 120 kilometr uzoqlikdagi San-Gabriel shahrida ekanligini ma’lum qildi.

Ekvador rasmiylari, 5,7 magnitudali zilzila tufayli chegaradagi Montufar, Espexo va Tulkan shaharlarida 30 ta uyning zarar ko'rganini, bir kishining jarohatlanganini ma'lum qildi.

Xavf xizmati (fuqarolik mudofaasi) direktori Kristian Torres Twitter’dagi sahifasida qidiruv-qutqaruv guruhi hududga jo‘nab ketganini ma’lum qildi.

Kolumbiya tomonida esa zilzila oqibatida hech qanday inson va mol-mulk yo'qolmagani ma'lum qilindi.

Tanlangan kalimalar: #Zilzila , #Ekvador , #Kolumbiya

Aloqador xabarlar