Kanadada erta tongda sodir bo'lgan otishmada ko'plab odamlar halok bo'lgan

Matbuot kotibi bir necha kilometr masofada bir nechta jinoyat joylari borligini tushuntirar ekan, hujumchining aloqasi bo'lishi mumkin bo'lgan shaxs yoki shaxslar ustida ham ish olib borilayotganini aytdi.

1859334
Kanadada erta tongda sodir bo'lgan otishmada ko'plab odamlar halok bo'lgan

 

Kanadada erta tongda sodir bo'lgan otishmada ko'plab odamlar halok bo'lgan.

Kanada qirollik otliq politsiyasi RCMP Langli matbuot kotibi Rebekka Parslouning aytishicha, Britaniya Kolumbiyasining Langli shahrida mahalliy vaqt bilan soat 06:00da boshlangan otishmada katta yoshli oq tanli erkak ko'p odamlarni o'ldirgan va boshqalarni esa  yaralagan.

Hujum eshitilgach, voqea joyini o'rab olgan politsiya guruhlari, mobil telefonlarida signal e'loni bilan atrofdagi odamlardan uylarida qolishlarini so'radi.

Parslov, hujumchi nishonga olgan qurbonlar ko'chada yashovchi uysizlar ekanligini aytdi.

Matbuot kotibi bir necha kilometr masofada bir nechta jinoyat joylari borligini tushuntirar ekan, hujumchining aloqasi bo'lishi mumkin bo'lgan shaxs yoki shaxslar ustida ham ish olib borilayotganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujum , #Kanada

Aloqador xabarlar