Blinken Ozarbayjon va Armaniston munosabatini muhokama qildi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken telefon orqali Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash jarayonini muhokama qildi.

1859653
Blinken Ozarbayjon va Armaniston munosabatini muhokama qildi

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken telefon orqali Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash jarayonini muhokama qildi.

AQSh Davlat departamenti voizi Ned Prays yozma bayonotida, Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilganini, Ozarbayjon va Armanistonning mintaqada tinchlikka erishish imkoniyatlarini muhokama qilganini bildirdi.

“Vazir AQShning mintaqaviy transport va kommunikatsiya aloqalarini ochishda yordam berish taklifini takrorladi. Blinken Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari o'rtasida Tbilisida bo’lib o’tgan so'nggi uchrashuv kabi ikki tomonlama muloqotni davom ettirishni taklif qildi”,-dedi u.

Uning ta’kidlashicha, Blinken Yevropa Ittifoqi orqali olib borilgan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan.

Prays AQSH 1994-yildan beri YeXHT Minsk guruhi hamraisi ekanligini va Armaniston va Ozarbayjonga uzoq muddatli, keng qamrovli tinchlik oʻrnatishga yordam berish uchun ikki tomonlama va shunga oʻxshash hamkorlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Vazir Blinken, shuningdek, prezident Aliyevdan qolgan barcha arman mahbuslarni ozod qilishga chaqirgan.

Blinken, o‘z navbatida, tomonlar o‘rtasida o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ijobiy baholashini ta’kidladi.

Aliyev suhbatdoshiga Baku tinchlik bitimini tayyorlash bo‘yicha Ozarbayjon tomoni komissiya tuzgani va Armaniston tomonidan ham shunday qadam kutilayotganini ma’lum qildi. 

Davlat kotibi Vashington Ozarbayjon va Yerevan o‘rtasida transport va aloqa kommunikatsiyasini ochishda texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Blinken Armaniston bosh vaziri Pashinyan bilan ham muloqot qilgan.

Vazir Blinken Pashinyanni ikki tomonlama muloqotni davom ettirishga undaganini qayd etgan Prays, vazir ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining Tbilisidagi uchrashuvini olqishlaganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar