Hindistonda qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgan 26 kishi hayotdan ko'z yumdi

Kunimizda Hindistonning Bihar, Gujarat, Mizoram va Nagaland shtatlarida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va sotish taqiqlangan.

1859527
Hindistonda qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgan 26 kishi hayotdan ko'z yumdi

 

Hindistonning Gujarat shtatida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgan 26 kishi hayotdan ko'z yumdi, 30 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi.

Mamlakat g‘arbidagi Gujarat shtatida kamida 26 kishi qalbaki spirtli ichimliklar iste’mol qilib vafot etgani va 30 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng tergov boshlandi.

Ta'kidlanishicha, g‘arbiy Bengaliya shtatida 2011-yilda 170 dan ortiq odam qalbaki spirtli ichimlik tufayli halok bo‘lgandi.

Hindistonda har yili iste'mol qilinadigan 5 milliard litr spirtli ichimlikning atigi 40 foizi qonuniy ravishda ishlab chiqariladi. Kunimizda Hindistonning Bihar, Gujarat, Mizoram va Nagaland shtatlarida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va sotish taqiqlangan.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston

Aloqador xabarlar