Yevropada jazirama issiq tufayli qurg'oqchilik hukm surmoqda

Fransiyada Ekologiya vazirligining rasmiy veb-saytida chop etilgan xaritada mamlakatdagi 95 hududdan 86 tasi qurg'oqchilikdan aziyat chekkanligi qayd etilgan.

1859476
Yevropada jazirama issiq tufayli qurg'oqchilik hukm surmoqda

 

Fransiyada qurg'oqchilik kuchayib borayotgani sababli 86 mintaqada tarmoq suviga cheklovlar joriy etildi.

Franceinfo xabariga ko'ra, Ekologiya vazirligining rasmiy veb-saytida chop etilgan xaritada mamlakatdagi 95 hududdan 86 tasi qurg'oqchilikdan aziyat chekkanligi qayd etilgan.

Kulrang, sariq, to'q sariq va qizil ogohlantirish darajalariga ko'ra rang bilan ajratilgan xaritada mamlakatning katta qismi sariq va to'q sariq ogohlantirish darajasida.

Xaritaga ko‘ra, qurg‘oqchilikdan mamlakatning markaziy qismidagi Center-Val-de-Luara va Pay-de-la-Luara hududlari eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar hisoblanadi.

Oxirgi yillarning eng issiq yozini boshidan kechirgan Vengriyada termometrlar kechasi 25,4 daraja issiqni ko‘rsatib, rekord darajaga yetdi.

Meteorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, 1894 yil 24 iyulda Seged shahrida tungi haroratning eng yuqori darajasi 24.6 daraja issiqni ko'rsatgan, kecha poytaxt Budapeshtda esa, issiqlik harorati 25.4 darajaga yetgan.

Bugundan e’tiboran havo harorati pasayib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani, yaqin kunlarda havo harorati yana oshishi qayd etilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya

Aloqador xabarlar