Dmitriy Peskov Rossiya faqat Odessa portidagi harbiy infratuzilmaga hujum qilganini aytdi

"(hujumlar) donni tashish bo'yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan infratuzilma bilan  hech qanday aloqasi yo'q. Bu yuk tashish jarayonining boshlanishiga ta'sir qilmaydi va ta'sir qilmasligi kerak". dedi.

1859084
Dmitriy Peskov Rossiya faqat Odessa portidagi harbiy infratuzilmaga hujum qilganini aytdi

 

Rossiya prezidenti Kreml saroyi matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya faqat Odessa portidagi harbiy infratuzilmaga hujum qilganini aytdi.

"(hujumlar) donni tashish bo'yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan infratuzilma bilan  hech qanday aloqasi yo'q. Bu yuk tashish jarayonining boshlanishiga ta'sir qilmaydi va ta'sir qilmasligi kerak". dedi.

Peskov, Turkiya, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o'rtasida juma kuni Prezident Rajap Tayyip homiyligida imzolangan "Ukraina portlaridan don va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz tashish tashabbusi hujjati" haqida poytaxt Moskvada jurnalistlarga bayonot berdi.

Peskov, g'alla jo'natish bo'yicha kelishuvlarga erishish uchun juda qizg'in ish olib borilganini aytdi.

"Ammo keling, ushbu kelishuvlarga muvofiq o'rnatilgan mexanizmlar ishini baholay olguncha kutamiz."  Deya qayd etdi.

Rossiya don va oʻgʻit ishlab chiqaruvchilarga nisbatan bilvosita cheklovlar boʻyicha BMT ham oʻz vazifasini bajarishi kerakligini taʼkidlagan Dmitriy Peskov,

“Hech qanday to'g'ridan-to'g'ri cheklovlar yo'q, lekin bu yuklarni to'liq amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan bilvosita cheklovlar mavjud, bu xalqaro bozorlar, ayniqsa ochlik boshlanadigan mintaqalar uchun juda zarur. Bu haqiqatan ham muhim". Dedi u .

Peskov, shuningdek, Rossiyaning 23 iyul kuni Odessa portiga raketa hujumi bilan bog‘liq holda quyidagilarni ma’lum qildi:

"Bu hujumlar faqat harbiy infratuzilmaga tegishli. Bu donni jo‘natish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan infratuzilmaga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu yuk tashish jarayoni boshlanishiga ta'sir qilmaydi va ta'sir qilmasligi ham kerak".

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Odessa , #Don , #Dmitriy Peskov , #Rossiya

Aloqador xabarlar