Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida 23 kishi halok bo'ldi

Qayd etilishicha, suv toshqinlari oqibatida 2500 dan ortiq uy vayron bo‘lgan, 2 mingga yaqin hayvonlar nobud bo‘lgan.

1858982
Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida 23 kishi halok bo'ldi

 

Afg‘onistonning 10 viloyatida ro’y bergan suv toshqinlari oqibatida halok bo’lganlar soni 23 nafarga yetdi.

Bu haqda Tolibon muvaqqat hukumati tabiiy ofatlarni boshqarish davlat vazirligi matbuot kotibi Mavlaviy Muhammad Nasim Xaqqoniy ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, suv toshqinlari asosan mamlakat sharqidagi viloyatlarga salbiy ta’sir ko’rsatgan.

Maydon Vardak, Paktika, Nangarhor, Nuriston, Parvon, Panchshir va Paktiya kabi 10 viloyatga ta'sir ko'rsatgan kuchli yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 23 kishi halok bo'lgan, 20 dan ortiq kishining tan jarohati olgan.

Qayd etilishicha, toshqin oqibatida 2500 dan ortiq uy vayron bo‘lgan, 2 mingga yaqin hayvonlar nobud bo‘lgan.

Sel bosgan hududlarga qutqaruv guruhlari yuborilgan va insonparvarlik yordamlari yetkazilgan. Ba'zi shaharlararo yo'llarda transport qatnovi to’xtatilgan.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan oyda 20 ta viloyatda sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida 90 dan ortiq kishi halok boʻlgan, 120 kishi jarohatlangan.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar