Facebook, Tolibon hukumati telekanali va Baxtar axborot agentligining akkauntlarini yopib qo’ydi

AQSh ijtimoiy mediasi Facebook Afg'onistondagi Tolibon hukumati telekanali (RTA) va Baxtar axborot agentligining akkauntlarini yopdi.

1857511

Baxtar, Facebook agentlikning rasmiy akkauntini yopganini e'lon qildi.

Baxtar Facebook’ning barcha qoidalariga muvofiq e’lon qilgan bayonotda ularning maqsadi o‘z o‘quvchilariga aniq va  keng ko’lamli  ma’lumotlarni yetkazish ekani ta’kidladi.

Bayonotda, Facebook tomonidan qabul qilingan ushbu qaror afg'onlarni matbuot erkinligi huquqidan mahrum qilish ekani ta'kidladi.

Boshqa tomondan, Afg'oniston hukumati telekanali rahbari Ahmadulloh Vasik, kanalning fors va pashtucha hisoblari Facebook tomonidan hech qanday sababsiz yopilganini va bu qarorning matbuot erkinligiga zid ekanini aytdi.

RTA afg'on xalqining ovozi ekanligini ta'kidlagan Vasik, Facebook boshqaruvidan o'zlari yopib qo'ygan hisoblarni qayta ochishni istaganliklarini aytdi.

Aloqador xabarlar