Shri-Lankada 6 milliondan ortiq odam oziq-ovqat ta’minotidan mahrum bo‘lgani xabar qilingan

O‘z tarixidagi eng og‘ir iqtisodiy inqirozga yuz tutayotgan Shri-Lankada 6 milliondan ortiq odam oziq-ovqat ta’minotidan mahrum bo‘lgani xabar qilingan.

1855775

Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Shri-Lanka aholisining 28 foizdan ortig'i (6,3 million) oziq-ovqat bilan ta'minlanmaganligini va inqiroz davom etar ekan, vaziyat yanada yomonlashishini aytdi.

WFPning mavzu bo'yicha hisobotida, bu odamlarning kamida 65,600 nafarida jiddiy oziq-ovqat tanqisligi borligi va 5,3 million kishining ovqatlanish sonini kamaytirishi kerakligi ta'kidlangan.

Faoliyatini 2022-yilda 3,4 million kishiga yetkazgan WFP bu yordamlarni amalga oshirish uchun zudlik bilan 63 million dollarga muhtojligi bildirildi.

O'tgan oy oziq-ovqat inflyatsiyasi 80 foiz sifatida o'lchangan mamlakatda, so'nggi uch oyda taxminan besh xonadondan ikkitasining daromadi yarmiga qisqargani qayd etildi.

Aloqador xabarlar