Zelenskiy Istanbuldagi yigʻilish uchun Turkiya bilan BMTga minnatdorchilik bildirdi

Ukraina Prezidenti Zelenskiy Istanbuldagi yigʻilish uchun Turkiya bilan BMTga minnatdorchilik bildirdi

1855199
Zelenskiy Istanbuldagi yigʻilish uchun Turkiya bilan BMTga minnatdorchilik bildirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT), jahon bozoriga takror oziq-ovqat yetkazib berish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Zelenskiy Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Ukraina portlaridan don va don mahsulotlarining chiqishini ta’minlash maqsadida Turkiya, Rossiya, Ukraina harbiy hay’atlari bilan BMT hay’ati oʻrtasida Istanbulda uyushtirilgan yigʻilishni baholadi.

Jahon bozoriga takror oziq-ovqat yetkazib berish uchun katta kuch-gʻayrat sarf etganliklariga e’tibor qaratgan Zelenskiy,

“BMT va Turkiyaning sa’y-harakatlaridan judayam minnatdorman. Bu hikoyaning muvaffaqiyatiga nafaqat davlatimiz balki, butun dunyoning ehtiyoji bor desam mubolagʻa boʻlmaydi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Rossiya Qora dengizdagi kemalarni nishonga olgan tahdidini bartaraf etgudek boʻlsa unda global oziq-ovqat inqirozi ogʻirining yengillashishini ifoda etgan Zelenskiy:

“Ukraina hay’ati menga siljish borligini bildirdi. Tafsilotlarni yaqin kunlarda BMT Bosh kotibi bilan qoʻlga olamiz”. dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar