Rossiya Ukrainaning Bahmut shahriga hujum uyushtirmoqda

Rossiyaning Ukrainaga qarshi 24-fevral kuni boshlatgan harbiy harakati davom etmoqda.

1854409
Rossiya Ukrainaning Bahmut shahriga hujum uyushtirmoqda

Ukrainaning Donetsk viloyatiga qarashli va front chizig‘iga yaqin bo‘lgan Bahmut shahri, Rossiya hujumlarining kuchayishi natijasida katta ziyon ko‘rmoqda.

Bahmut Politsiya boshqarmasi Matbuot xizmati kotibi mayor Pavlo Diachenko, mintaqadagi oxirgi vaziyatlarni baholadi.

Urush davom etgan frontning Bahmut tumaniga yana-da yaqinlashganini qayd etgan Diachenko:

“Bahmut shahri va viloyati dushman rus kuchlari tomonidan qattiq o‘qqa tutilmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya kuchlarining Bahmut va uning atrofidagi aholi punktlariga qarshi uyushtirgan hujumlarida asosan uzoq masofaga uchuvchi raketalardan foydalanganiga e’tibor qaratgan Diachenko:

“Har kuni hujum uyushtirilmoqda. Har joyga zarba berilmoqda. Shahar markaziga, ko‘chalarga, tinch aholi yashaydigan joylarga, maktablar va universitetlarga zarba berildi”.-deya gapirdi.

Urushdan oldin shahar aholisi sonining qariyb 100 ming ekanini ifoda etgan Diachenko,

“Endilikda shahar aholisi soni qariyb 30 ming qoldi. Har kuni evakuatsiya ishlari davom etmoqda. Insonlarga evakuatsiya dasturlari haqida oldindan ma’lumot berilmoqda. Xohlaganlar evakuatsiya qilinmoqda”.-dedi.

Urush avj olgan front maydonining shahar markazidan kamida 12, eng ko‘p 15 kilometr uzoqlikda ekaniga e’tibor qaratgan Diachenko, evakuatsiya qilinmagan va uylarida qolganlardan xushyor bo‘lishlarini talab qildi.

Diachenko,

“Ayniqsa, Bahmutdan oldin frontga yaqinroq bo‘lgan Soledar va Siversk shaharlarida vaziyat ancha nozik. Endigina u yerga gumanitar yordam yetkazib berdik. Infratuzilma butunlay shikastlangan”.-dedi.



Aloqador xabarlar