Shahboz Sharif, Turkiya va Pokistonning aloqalar nuqtai nazaridan noyob deb ta'rifladi

Pokiston radiosi xabariga ko'ra, Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Mehmet Pachaji poytaxt Islomoboddagi Bosh vazirlik binosida Shahbaz Sharif tomonidan qabul qilindi.

1853781
Shahboz Sharif, Turkiya va  Pokistonning aloqalar nuqtai nazaridan noyob deb ta'rifladi

 

Pokiston Bosh vaziri Shahbaz Sharif, Turkiya va o'lkasining qardoshlik aloqalarini o'zaro ishonch, tushunish va bir-birlarining milliy da'vatlarini qo'llab-quvvatlash nuqtai nazaridan noyob deb ta'rifladi

Pokiston radiosi xabariga ko'ra, Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Mehmet Pachaji poytaxt Islomoboddagi Bosh vazirlik binosida Shahbaz Sharif tomonidan qabul qilindi.

Sharif Turkiya bilan qardoshlik aloqalarini oʻzaro ishonch, tushunish va bir-birining milliy maqsadlarini qoʻllab-quvvatlash nuqtai nazaridan oʻziga xos deb taʼriflab, Anqara Jammu Kashmir masalasida Islomobodni qoʻllab-quvvatlayotganidan mamnunligini taʼkidladi.

Pokistonning Turkiyaning asosiy manfaatlariga sodiqligini yana bir bor ta'kidlagan Shahbaz Sharif, sentyabr oyida Islomobodda bo'lib o'tadigan Turkiya-Pokiston Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining 7-yig'ilishida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anni mezbonlik qilishni intiqlik bilan kutayotganini qayd etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shahbaz Sharif , #Aloqalar , #Turkiya , #Pokiston

Aloqador xabarlar