Nyu-Yorkdagi Times maydonida 15-iyul shahidlari yodga olindi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatidagi Times maydoniga, 15-iyul shahidlari yodga olindi.

1849585
Nyu-Yorkdagi Times maydonida 15-iyul shahidlari yodga olindi
times meydani 15 temmuz 251 ayakkabi1.jpg
times meydani 15 temmuz 251 ayakkabi.jpg

Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Nyu-York shtatidagi Times maydoniga, 15-iyul shahidlari ramzi sifatida 251 juft poyabzal qo‘yildi.

AQShda faoliyat olib borgan Turk-Amerika Milliy Boshqaruv Qoʻmitasi (TASC) a’zolari bilan 15-iyul uyushmasi Fetullah terror tashkilotining (FETO) 15-iyuldagi (2016-yil) to‘ntarish tashabbusi oqibatida shahid bo‘lgan 251 nafar Turk fuqarosini yodga odi. Ular shu maqsadda ana shuncha poyabzalni Nyu-Yorkning butun dunyoga tanilgan Times maydonida namoyish etdi.

Mavzu haqida berilgan ma’lumotda:

“Bugun bu yerda siz koʻragan poyabzallar, ana shu kuni kechasi hayotdan koʻz yumgan erkak, ayol, yosh bola va keksalar kiygan poyabzallarning ramzidir. Ana shu kechada Turkiyada erkinlik va demokratiyani himoya qilgan mard ruhlarni yodga olib, ularning oilalariga hamdardlik bildiramiz”.-deyildi.

Ma’lumotning davomida Turk armiyasiga sizib kirgan FETO aʼzolarining NATO boyliklarini qoʻlga kiritish orqali oʻz xalqiga oʻq uzgani lekin Turk xalqining demokratiyani himoya qilishi oldida niyatiga erisholmagani haqida aytildi.

Ingiliz tilida tayyorlangan va AQSh fuqarolariga tarqatilgan ma’lumotnomada, “Bu yerda siz koʻrib turgan poyabzalning har bir jufti, demokratiya uchun soʻnggi qadamlarini tashlagan qahramonlarni ifodalaydi”,-degan ifodalarga oʻrin berildi.  

Demokratiya, konstitutsiya va erkinlikni himoya qilish maqsadida (2016-yil) 15-iyuldagi toʻntarish tashabbusining Turk xalqi tomonidan monelik qilingani qayd etilgan bayonotda, voqea chogʻida 251 nafar shahiddan tashqari 2734 kishining ham tan jarohati olgani ta’kidlandi.

Ma’lumot oxirida FETO toʻdaboshi Fetullah Gulen va uning tarafdorlari ustidan adolatning oʻz oʻrnini toʻpishi uchun Turk xalqining AQShdan yordam soʻraganiga e’tibor qaratildi.  

 



Aloqador xabarlar