Kolumbiyada tribuna qulab tushdi: 5 kishi halok bo'ldi

Kolumbiyaning Espinal shahrida bo'lib o'tgan "Korraleja" buqalar jangi festivalida tomoshabinlar turgan tribunaning qulashi oqibatida 5 kishi halok bo'ldi, 500 dan ortiq kishi jarohat oldi.

1848446

Tolima maʼmuriy hududining bir qismi boʻlgan Espinal shahrida anʼanaviy buqalar jangi festivalida tomoshabinlar boʻlgan tribunaning bir qismi qulab tushdi.

Rasmiylarning xabar berishicha, hozirgacha hodisada 5 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq kishi jarohatlangan. O‘lganlar va jarohatlanganlar soni ortishidan xavotir bildirilmoqda.

Tadbirdan so‘ng katta tartibsizlik hukm surayotgan arenadan qochgan ho‘kiz ko‘chalarda vahima  sabab bo’ldi.

Espinal munitsipaliteti tomonidan qilingan bayonotda, voqeadan juda qayg'uli ekanligi ta'kidlandi.

"Hammani xotirjamlikka chaqiramiz. Yordam tashkilotlari chora ko'rdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari va evakuatsiya ishlari davom etmoqda". Deya bildirildi.

Aloqador xabarlar