Malida sodir etilgan terror hujumida 132 kishi halok bo'ldi

Hukumatdan berilgan yozma bayonotga ko'ra, mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qilindi.

1846116
Malida sodir etilgan terror hujumida 132 kishi halok bo'ldi

 

Shanba oqshomida Malining ichki hududlaridagi qishloqlarga uyushtirilgan terror hujumlarida 132 nafar tinch aholi vakilining hayotdan ko'z yumgani ma'lum qilindi.

Hukumatdan berilgan yozma bayonotda Bankass tumanidagi Dianweli, Diallassagou va Deguessagou qishloqlariga 18-iyun kechasi Maghreb Al-Qoidaga aloqador Katiba Majina terror tashkiloti tomonidan hujum uyushtirilgani bildirildi.

Hujumlarda 132 nafar fuqaroning hayotdan ko'z yumgani qayd etilgan bayonotda, halok bo'lganlarning oilalariga ta'ziya bildirildi.

Bayonotda, shuningdek hukumat bu hujumni keskin qoralagani va javobgarlarni qo'lga olish uchun nima kerak bo'lsa, harakat qilishi ta'kidlandi.

Mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Sahel mintaqasida “3-mamlakat chegarasi” sifatida tanilgan Burkina Faso, Mali va Niger oxirgi yillarda terror tashkiloti Al-Qoida va DAIShga aloqador guruhlar tomonidan hujumlarga uchramoqda.

2013-yildan beri Malida joylashgan xorijiy harbiy missiyalarga qaramasdan terror tashkilotlari hujumlarini davom ettirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Mali

Aloqador xabarlar