Rossiya don mahsulotlarini faqat “doʻst mamlakatlar”ga sotmoqchi

“Bizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimiz tashqi bozorda bo‘ladi, faqat bizga do‘stona, bizga to‘siq va qiyinchilik tug‘dirmaydigan mamlakatlarda bo‘ladi",-dedi Dmitriy Patrushev.

1844822
Rossiya don mahsulotlarini faqat “doʻst mamlakatlar”ga sotmoqchi

 

Rossiya don mahsulotlarini faqat “doʻst mamlakatlar”ga sotishini maʼlum qildi.

Rossiya Qishloq xo'jaligi vaziri Dmitriy Patrushev Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumida (SPIEF) so'zga chiqib, bir qator muammolarni, jumladan, buzilgan ta'minot zanjirlari va moliyaviy hisob-kitoblar bilan bog'liq qiyinchiliklar haqida gapirdi.

U Rossiya eng ko'p muhtoj bo'lgan davlatlarni oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun bu to'siqlarni yengib o'tishi kerakligini aytdi.

“Bizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimiz tashqi bozorda bo‘ladi, faqat bizga do‘stona, bizga to‘siq va qiyinchilik tug‘dirmaydigan mamlakatlarda bo‘ladi",-dedi Dmitriy Patrushev.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so'zlariga ko'ra, bu yil Rossiya rekord darajadagi bugʻdoy hosilini kutmoqda.

Ayrim mamlakatlar ocharchilik tahdidi bilan yuzma-yuz kelayotganini eslatgan Rossiya yetakchisi, bu vaziyatda ayb butunlay “G‘arb elitasi” zimmasida ekanini da‘vo qildi.

So‘nggi ikki oyda bug‘doy narxi rekord darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, g‘alla inqirozi butun dunyoda sezilmoqda.

Ob-havo sharoiti va koronavirus epidemiyasi taʼsirida qolgan jahon oziq-ovqat bozori 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi va Gʻarbning Moskvaga qarshi sanksiyalari tufayli yana bir zarbaga duch keldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar