AQShda benzin narxining rekord darajada oshishini to'xtatish choralari qidirilmoqda

Jo Bayden ExxonMobil, Chevron, BP va Shell kabi kompaniyalarga maktub yo'lladi. Ular mamlakatning eng yirik neft yetkazib beruvchilaridir.

1844222
AQShda benzin narxining rekord darajada oshishini to'xtatish choralari qidirilmoqda

 

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatda benzin narxining rekord darajada oshishini to'xtatish uchun neft kompaniyalarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga chaqirdi.

Jo Bayden ExxonMobil, Chevron, BP va Shell kabi kompaniyalarga maktub yo'lladi. Ular mamlakatning eng yirik neft yetkazib beruvchilaridir.

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri (24-fevral) mamlakatda benzin narxi oʻrtacha 1,70 dollarga oshganiga eʼtibor qaratgan Bayden, Amerika xalqining boshidan kechirgan moliyaviy qiyinchiliklardan Rossiya prezidenti Vladimir Putin javobgar ekanini taʼkidladi. 

Bu jarayonda neftni qayta ishlash zavodlarining daromadi rekord darajada oshishi jamoatchilikka iqtisodiy bosimni oshirganini ta'kidlagan Bayden, "Kompaniyalaringiz uchun neft, dizel yoqilg‘isi va boshqa neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish imkoniyati hali ham mavjud",-dedi.

Bayden tez orada barcha federal vakolatlarini neftni qayta ishlash quvvatlarini oshirish uchun sarflashini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar