Janubiy Koreya Yaponiya bilan munosabatlarini normallashtirmoqchi

“Yaponiya bilan jiddiy muloqot qilishga tayyormiz”,-degan Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Li, Ikkinchi jahon urushidagi muammolarga qaramay, Tokio-Seul munosabatlarini normallashtirish istagini bildirdi.

1842084
Janubiy Koreya Yaponiya bilan munosabatlarini normallashtirmoqchi

 

Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Li Song Jup Ikkinchi jahon urushi muammolari oqibatlari davom etayotgan Yaponiya bilan munosabatlarini normallashtirishni maqsad qilganligini bildirdi.

Vazir Li Singapurda Xalqaro Strategik Tadqiqotlar Instituti (IISS) tomonidan tashkil etilgan “Shangri-La Dialogue” forumida qo'shni davlat Yaponiya bilan munosabatlarni tiklash masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

“Yaponiya bilan jiddiy muloqot qilishga tayyormiz”,-degan Li, Ikkinchi jahon urushidagi muammolarga qaramay, Tokio-Seul munosabatlarini normallashtirish istagini bildirdi.

Yonhap agentligining xabar berishicha, forum doirasidagi tadbirlarda yaponiyalik hamkasbi bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘lganligini qayd etgan Li, ikki davlatda ham ijobiy yo‘nalishda olg‘a intilish istagi borligini ta’kidladi.

U shunngdek, hafta oxirida Amerika Qo'shma Shtatlariga borgan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Park Jinning Yaponiya poytaxti Tokioga safar qilish uchun mos vaqtni kutayotganligini bildirib, yapon hamkasblari bilan uchrashuv rejalashtirilganligini ma'lum qildi.

Agar vazir Tokioga tashrif buyursa, bu Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirining 2019-yil noyabr oyidan beri birinchi marta Yaponiyaga tashrifi bo'ladi.

1910-1945 yillarda Yaponiya Koreya yarim orolini mustamlaka qilganida, harbiy qismlarda "majburiy koreys ishchilari" va "ekspluatatsiya qilingan koreys ayollar" masalasi ikki qo'shni mamlakat o'rtasidagi "nozik masalalar" sifatida bilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar