Ukraina g'alla eksporti bo'yicha bitim uchun xavfsizlik kafolati olishga intilmoqda

Ukrainaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)dagi doimiy vakili Sergey Kyslytsya Qora dengizdagi minalardan tozalash va g'alla eksporti uchun "xavfsizlik kafolati" olishni istashlarini aytdi.

1838941

Kyslytsya Ukraina donini eksport qilish bo'yicha Rossiya bilan muzokaralarda kelishuvga erishish uchun ularga "xavfsizlik kafolati" kerakligini bildirdi.

Qoradengizdagi minalarning tozalanishi bilan bog'liq xavotirlarini ifoda etgan Kyslytsya, minalar tozalangandan keyin Rossiyaning Ukrainaga hujum qilmasligiga kafolat berishni istaganliklarini aytdi.

Global oziq-ovqat inqirozi xavfiga qarshi, Qora dengiz ustidagi minalarni tozalash orqali Ukraina portlarida kutayotgan donni eksport qilish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

Ukraina Odessa portlari orqali har oy 10 million tonna don eksport qilishi mumkinligini ta'kidlagan Zelenskiy:

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT, shuningdek, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha bilan don eksporti bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini, ammo yo‘l uzoq bo‘lgani uchun bu yo‘nalish ustuvor emasligini aytdiHozir u yerda 22-25 million tonna g‘alla to‘sib qo‘yilgan, kuzgacha u yerda 75 million tonna g‘alla bo‘lishi mumkin, nima qilamiz, demak, portlarsiz ishlay olmaymiz”. Deya qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #Kafolat , #eksport , #Ukraina

Aloqador xabarlar