Vladimir Zelenskiy Zaporojye shahriga tashrif buyurdi

Zelenskiy front chizig‘ida harbiylar bilan suhbatlashgan, operativ vaziyat bo‘yicha hisobotlarni tinglagan, shuningdek davlat mukofotlarini topshirgan.

1838565
Vladimir Zelenskiy Zaporojye shahriga tashrif buyurdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Xarkov shahridan keyin Zaporojye shahriga tashrif buyurib, frontdagi qo‘shinlar bilan uchrashdi.

Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Zaporojye va Donbassdagi pozitsiyalarida bo‘ldi.

Front chizig‘ida Zelenskiy harbiylar bilan gaplashgan, operativ vaziyat bo‘yicha hisobotlarni tinglagan, shuningdek davlat mukofotlarini topshirgan.

“Buyuk mehnatingiz, xizmatingiz, barchamizni va davlatimizni himoya qilganingiz uchun sizga rahmat aytmoqchiman”,-deb aytgan Zelenskiy harbiylar bilan uchrashuv chog'ida.

Rossiya hujumlarida hayotdan ko'z yumgan ukrainalik askarlar uchun bir daqiqalik sukut saqlagan Zelenskiy, mintaqadagi tibbiyot muassasasini ham ko'zdan kechirgan.

Rossiya qamalidan so‘ng Mariupoldan evakuatsiya qilingan tinch aholi bilan uchrashgan Zelenskiy, evakuatsiya qilinganlarni xavfsiz ravishda joylashtirish choralarini ko‘rishga va’da bergan.

"Biz sizga bu muammoni hal qilishda yordam beramiz", deb aytgan Ukraina prezidenti.

Ukraina rahbari 29-may kuni Rossiya armiyasining hujumlaridan eng ko‘p jabr ko‘rgan Ukrainaning Xarkov shahriga tashrif buyurgandi. U Rossiya armiyasining Ukrainaga hujumlari boshlangan 24-fevraldan beri ilk bor Kiyev viloyatidan tashqarida bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar