AQSH Putinga yaqin bo'lgan shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar e'lon qildi

AQSH Moliya vazirligi tomonidan sanksiya ro‘yxatiga kiritilganlar orasida Mariya Zaxarova va Putinning xorijdagi aktivlarini boshqargan Sergey Roldugin hamda uning oila a’zolari ham bor.

1837022
AQSH Putinga yaqin bo'lgan shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar e'lon qildi

 

AQSH Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi.

Qo'shma Shtatlar ma'muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo'lgan rus elitasi hamda ularning yaxtalari va samolyotlariga qarshi yangi sanksiyalar e'lon qildi.

Ushbu ro'yxatga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham kiritilgan. AQSH Moliya vazirligi tomonidan sanksiya ro‘yxatiga kiritilganlar orasida Putinning xorijdagi aktivlarini boshqargan Sergey Roldugin va uning oila a’zolari ham borligi aytildi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning yetitta yaxta va uchta samolyoti ham kiritilgan. 

Shuningdek, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin, Bosh vazir o‘rinbosari va hukumat apparati rahbari Dmitriy Grigorenko, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov, Transport vazirlik rahbari Vitaliy Savelev hamda violonchelchi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Roldugin va uning rafiqasi Yelena Mirtova sanksiyalar ostida qolgan. 

Ushbu sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning Qo‘shma Shtatlardagi aktivlari muzlatiladi va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga ular bilan biznes yuritish taqiqlanadi. 

Bundan tashqari, Belarus va Rossiyada joylashgan 71 kompaniyaga AQShdan texnologik mahsulotlar sotib olishni taqiqladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mariya Zaxarova , #AQSH , #Rossiya

Aloqador xabarlar