BMT chet tillarda “Turkey” sifatida qo‘llanilgan davlat nomini “Türkiye” deb o‘zgartirdi

BMT Turkiyaning talabi ortidan chet tillarda “Turkey” sifatida qo‘llanilgan davlat nomini “Türkiye” deb o‘zgartirdi.

1836513
BMT chet tillarda “Turkey” sifatida qo‘llanilgan davlat nomini “Türkiye” deb o‘zgartirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Turkiyaning talabi ortidan chet tillarda “Turkey” sifatida qo‘llanilgan davlat nomini “Türkiye” deb o‘zgartirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dujarrik, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu tomonidan Turkiyaning chet tillardagi nomini “Türkiye” deb o‘zgartirish uchun Bosh kotib Antoniu Guterrishga yuborgan maktubni olganliklarini bildirdi.

Dujarrikning ta’kidlashicha, mamlakat nomi xat olingan paytdan boshlab o‘zgartiriladi.

Chavushoʻgʻlu mavzu haqida Twitter orqali qoldirgan postida:

“Turkiyaning brend qiymatini oshirish maqsadida Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida boshlatilgan jarayon yakun topmoqda. BMT Bosh kotibiga bugun yuborgan maktubim orqali, yurtimizning BMT huzurida chet tillardagi nomini ham Türkiye olaroq rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazyapmiz”.-degan ifodalarga oʻrin bergandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #Turkey , #BMT , #Stefan Dujarrik

Aloqador xabarlar