Yevropa Ittifoqi Suriya rejimiga joriy qilingan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Yevropa Kengashi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Suriyada tinch aholiga ko'rsatilayotgan bosim tufayli sanksiyalar 2023 yilning 1 iyuniga qadar uzaytirildi.

1835905
Yevropa Ittifoqi Suriya rejimiga joriy qilingan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

 

Yevropa Ittifoqi Suriya rejimiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.

Yevropa Kengashi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Suriyada tinch aholiga ko'rsatilayotgan bosim tufayli sanksiyalar 2023 yilning 1 iyuniga qadar uzaytirildi.

3 kishi sanksiya ro'yxatidan chiqarilgani, 289 kishi va 70 tashkilot ro'yxatda qolgani bildirildi. Sanksiyalar mazkur shaxs va tashkilotlarning aktivlarni muzlatish va sayohatni taqiqlashni o'z ichiga oladi.

2011-yilda boshlangan ichki urushdan keyin rejimning xalqqa zo'ravonlik va bosim o'tkazishi sababli joriy etilgan sanksiyalar bilan rejimga yaqin ishbilarmonlar va shirkatlar ham ro'yxatga olingandi.

Bundan tashqari, neft importi, ayrim sarmoyalarni cheklash, Suriya Markaziy bankining Yevropa Ittifoqidagi aktivlarini muzlatish, ichki bosimda foydalaniladigan asbob-uskunalar va texnologiyalar eksportini cheklash ham sanksiyalar doirasiga kiritilgandi.

Sanksiyalar Suriyaga gumanitar yordam jo‘natilishiga to‘sqinlik qilmaydi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar