Zelenskiy Rossiya bilan chegaradosh Xarkovga tashrif buyurdi

Zelenskiy u yerda ukrainalik harbiylarning pozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi. U shuningdek, harbiy xizmatchilarga minnatdorlik bildirib, davlat mukofotlari bilan taqdirlagan va qimmatbaho sovg‘alar topshirgan.

1834616
Zelenskiy Rossiya bilan chegaradosh Xarkovga tashrif buyurdi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan chegaradosh Xarkov viloyatiga bordi.

Zelenskiy u yerda ukrainalik harbiylarning pozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi.

Bu haqda Ukraina Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Prezident Vladimir Zelenskiy zonadagi tezkor vaziyat bilan tanishgan.

U shuningdek, harbiy xizmatchilarga minnatdorlik bildirib, davlat mukofotlari bilan taqdirlagan va qimmatbaho sovg‘alar topshirgan.

“Har biringizga xizmatlaringiz uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Siz barchamiz va davlatimiz uchun hayotingizni xavf ostiga qo‘ymoqdasiz. Ukraina mustaqilligini himoya qilganingiz uchun tashakkur. O‘zingizni asrang!”, - degan Prezident Zelenskiy.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar