Serbiya Rossiya bilan gaz sotib olish bo'yicha shartnoma imzolamoqchi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning aytishicha, mamlakat iqtisodiyoti 100 foiz Rossiya gaziga bog‘liq, shu sabab gaz bo‘yicha bo‘lajak muhokamalarda kelishilgan narxlarga umid qiladi.

1834710
Serbiya Rossiya bilan gaz sotib olish bo'yicha shartnoma imzolamoqchi

 

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich yaqinda Rossiya bilan 3 yillik gaz sotib olish bo'yicha shartnoma imzolashini ma'lum qildi.

Aleksandr Vuchich kecha, 29-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Yetakchilar muloqot chog’ida mintaqaviy va xalqaro muammolar haqida fikr almashgan.

Mahalliy matbuotda yoritilgan xabarlarga ko’ra, Rossiyadan arzon narxda gaz sotib olishini bildirgan Vuchich: “Agar shartlar bajarilsa, yaqin vaqt ichida Rossiya bilan 3 yillik shartnoma imzolaymiz”, - dedi.

U shuningdek, Putin bilan gaz kelishuvi amalga oshsa, qishni xavfsiz o'tkazishlariga e'tibor qaratdi.

"Biz qishda Yevropadagidan 10-12 baravar kam to‘lashni rejalashtirganmiz. Ming kub metr gaz uchun 310 dan 408 dollargacha to‘lashni rejalashtirganmiz",-dedi Serbiya Prezidenti.

Vuchichning aytishicha, mamlakat iqtisodiyoti 100 foiz Rossiya gaziga bog‘liq, shu sabab gaz bo‘yicha bo‘lajak muhokamalarda kelishilgan narxlarga umid qiladi. Oldinroq millatga murojaat qilgan Serbiya prezidenti mamlakat Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llash bilan bir vaqtda Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmasligini aytgandi. “Rossiya va Ukraina biz uchun birodar davlatlar”, degandi Vuchich.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Putin , #Serbiya , #Aleksandr Vuchich

Aloqador xabarlar