Yevropa Ittifoqlikning Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam berish uchun kelishib oldi
Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya bilan urushayotgan Ukrainaga harbiy yordam uchun qoʻshimcha 500 million yevro ajratishga kelishib oldi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya bilan urushayotgan Ukrainaga harbiy yordam uchun qoʻshimcha 500 million yevro ajratishga kelishib oldi.
Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan berilgan bayonotda, Yevropa Ittifoqining yordami Ukraina armiyasining mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish imkoniyati va qarshiligini qo'llab-quvvatlashi, shuningdek, tinch aholini Rossiya hujumidan himoya qilishi ta'kidlandi.
Oxirgi yordam bilan Yevropa Ittifoqining Ukrainaga bergan umumiy harbiy yordami 2 milliard yevroga yetdi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel
"Bu qoʻllab-quvvatlash Yevropaning Ukrainaning oʻzini oʻzi himoya qilish borasidagi harakatlarining faqat bir qismidir. Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish tarafdori. Biz urush boshidan beri yordam berib kelmoqdamiz, urush tugaguniga qadar yordam berishda davom etamiz. " deya qayd etdi.
Yevropa Ittifoqi harbiy yordami qurol va jihozlar, shuningdek, himoya vositalari, birinchi yordam to'plamlari va yoqilg'i kabi narsalarni o'z ichiga oladi.
Rossiya askarlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum uyushtirdi
Aloqador xabarlar

Isroil falastinlik ayol va bolalarni qamoqxonadan ozod qildi
Hamas ham G‘azo sektoridagi 8 nafar isroillik mahbusni ozod qildi.