Hindistonda havo harorati 49,2 darajaga ko'tarildi

Dehli viloyati shimolidagi ikkita alohida ob-havo stantsiyasi 49 darajadan yuqori haroratni qayd etdi.

1827356
Hindistonda havo harorati 49,2 darajaga ko'tarildi

 

Hindistonda poytaxt Dehli viloyatida havo harorati 49,2 darajaga yetib, rekordni yangiladi.

Dehli viloyati shimolidagi ikkita alohida ob-havo stantsiyasi 49 darajadan yuqori haroratni qayd etdi.

Shunga ko‘ra, Mungeshpurda harorat Selsiy bo‘yicha 49,2 darajani, Najafgarhda esa 49,1 darajani tashkil qilgan.

Meteorologiya bo'limi, kuchli shamol bo'lishi mumkinligi sababli havo harorati biroz pasayishi mumkinligini ma'lum qildi.

Mintaqadagi oxirgi rekord harorat 1944-yilda Safdarjungda 47,2 daraja Selsiy boʻyicha qayd etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Rekord , #2 daraja , #havo harorati 49 , #Hindiston

Aloqador xabarlar